logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Oliver Kan: «Musiala Jahon chempionatiga bormagani ma'qul»

 10 APREL, 2026, 13:30

Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Oliver Kan «Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musialaga maslahat berdi.

«U Jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechishi kerak. Agar o'yinimda nimadir joyida emasligini his qilsam, yana tayyor bo'lish uchun o'z ustimda ishlashim kerak bo'ladi», — deya Kanning so'zlarini keltirmoqda Sky Sport.

Eslatib o'tamiz, Musiala og'ir jarohat sababli joriy mavsumning birinchi qismini o'tkazib yuborgan edi. Uning hisobida barcha musobaqalarda 13 ta o'yin, uchta gol va ikkita golli uzatma mavjud.

Jahon chempionati – 2026 shu yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Qur'a natijalariga ko'ra, Germaniya terma jamoasi «E» guruhidan joy olgan bo'lib, unda Kot-d'Ivuar, Kyurasao va Ekvadorga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ