logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karvaxal "Real"ning yosh iqtidor egasini jiddiy jarohatladi

 10 APREL, 2026, 11:54

Madridning «Real» klubi mashg'ulotlarining birida ko'ngilsiz hodisa yuz berdi.

Topskills Sports UK xabariga ko'ra, jamoa faxriysi Daniel Karvaxal ijro etgan qo'pol "podkat" natijasida 19 yoshli Viktor Valdepenyas jiddiy jarohat olgan. Bu voqea fevral oyida, «qaymoqranglilar» 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan La Liga doirasidagi «Osasuna»ga qarshi o'yindan biroz avval sodir bo'lgan. Yosh futbolchi taxminan bir oyni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Insayderlar 34 yoshli sardorning ushbu harakatini «juda iflos podkat» deya ta'riflashmoqda.

Viktor Valdepenyas asosiy jamoadagi o'zining birinchi va hozircha yagona o'yinini o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazgan edi — o'shanda u «Alaves»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ