logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» EChLda antirekord o'rnatdi

 10 APREL, 2026, 11:54

«Barselona» Chempionlar ligasining muhim o'yinida navbatdagi bor bir kishi kam bo'lib qoldi.

Bu galgi holat «Atletiko Madrid»ga qarshi chorak final bahsida yuz berdi: Pau Kubarsi 44-daqiqada to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi va o'n kishi bo'lib qolgan kataloniyaliklar raqibga qarshilik ko'rsata olishmadi — 0:2 hisobidagi mag'lubiyat qayd etildi.

Mundo Deportivo nashrining ma'lumotlariga ko'ra, oxirgi o'nta mavsum davomida «Barselona» futbolchilari Chempionlar ligasi bahslarida 12 marta maydondan chetlatilgan — bu ushbu davr mobaynida turnirdagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Ikkinchi o'rinda sakkizta qizil kartochka bilan «Bavariya» bormoqda.

Xans-Diter Flik jamoasining «matraschilar»ga qarshi javob bahsi kelasi seshanba, 14 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ