«PSJ» Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 100 million evro sarflashga tayyor
10 APREL, 2026, 11:48
«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rojersga nafaqat mahalliy top-klublar qiziqish bildirmoqda. J
urnalist Jeyson Byortning xabar berishicha, «Villa» yulduzini qo'lga kiritish istagida bo'lganlar qatorida «PSJ» ham bor. Parij grandi rahbariyati 23 yoshli futbolchi uchun kurashda Premer-liga vakillari tomonidan jiddiy raqobatga duch kelishini tushunib turibdi.
«Aston Villa» Morgan Rodjersni taxminan 100 mln evroga baholamoqda. Futbolchining birmingemliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2031 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Angliya terma jamoasi a'zosiga da'vogarlar orasida avvalroq «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» kabi klublar nomi tilga olingan edi.
