logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Onanaga da'vogar yangi jamoa nomi ma'lum bo'ldi

 10 APREL, 2026, 11:48

«Manchester Yunayted»dan «Trabzonspor»ga ijaraga berilgan darvozabon Andre Onana kelayotgan yozda yangi klubga ko'chib o'tishi mumkin.

Kamerunlik posbonning xizmatlariga Turkiya Superligasining boshqa bir vakili — «Beshiktosh» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Avvalroq, «qizil iblislar» 30 yoshli futbolchi ijaradan qaytganidan so'ng jamoada o'z mahoratini qayta isbotlash istagida bo'lishiga qaramay, uni sotib yubormoqchi ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfermarkt talqiniga ko'ra, Andre Onananing bozor qiymati 12 mln evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda darvozabon «Trabzonspor» safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol o'tkazib yubordi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ