logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ter Shtegen jahon chempionatini o'tkazib yuborish ehtimoli haqida fikr bildirdi

 10 APREL, 2026, 11:42

«Barselona» darvozaboni, hozirda ijara asosida «Jirona» sharafini himoya qilayotgan Mark-Andre ter Shtegen o'zining jarohati borasidagi savolga javob berdi.

33 yoshli germaniyalik posbon tizza osti paylari jarohati sababli yanvar oyi oxiridan beri maydonga tushmayapti.

«Men maydonga qaytishni tezlashtirmayman, chunki eng muhimi — salomatlik, garchi Jahon chempionatiga borishni juda istayotgan bo'lsam-da. Bu erda ko'plab omillar bor va men qabul qilinadigan har qanday qarorni hurmat qilaman. Hozirda mutlaqo xotirjamman va o'zimni yaxshi his qilyapman. Mavsum yakunida voqealar rivoji qanday bo'lishini ko'ramiz. JCh-2026 uchun terma jamoa tarkibiga kirish qiyin bo'lishini bilaman», — deya ter Shtegenning so'zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Taxminlarga ko'ra, darvozabon shu oyning o'zidayoq safga qaytishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ