logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pike «Atletiko» bilan bahsdagi xatosidan so'ng Kubarsiga murojaat qildi

 10 APREL, 2026, 11:30

«Barselona» klubi sobiq futbolchisi Jerar Pike UEFA Chempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan «Atletiko Madrid»ga qarshi dastlabki o'yinda maydondan chetlatilgan «ko'k-anorranglilar»ning yosh himoyachisi Pau Kubarsini qo'llab-quvvatladi.

«Boshingni egma. Javob o'yinida ularni yirik hisobda mag'lub etasizlar», — deya sobiq futbolchining so'zlarini keltirmoqda Sport.es nashri.

Eslatib o'tamiz, Kubarsi birinchi bo'lim yakunida qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi. «Barselona» o'z maydonida kechgan bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Atletiko» va Xans-Diter Flik jamoasi o'rtasidagi javob uchrashuvi 14 aprel kuni Madriddagi stadionda bo'lib o'tadi. Ushbu qarama-qarshilik g'olibi yarim finalga yo'l oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ