logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal», «MYu» va «Chelsi» frantsiyalik markaziy himoyachi transferini ko'rib chiqmoqda

 10 APREL, 2026, 11:06

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubiga tegishli bo'lgan himoyachi Kastello Lyukeba Angliya Premer-ligasining top-klublaridan birida paydo bo'lishi mumkin, deb xabar bermoqda Teamtalk.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga «Manchester Yunayted», «Liverpul», shuningdek, Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar 23 yoshli Lyukebani tajribali niderlandiyalik Virjil van Deykning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.

Kastelloning transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda. Himoyachining «RB Leyptsig» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Joriy mavsumda Lukeba 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ