logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Manchester Yunayted”da maqsad o'zgardi: jamoa EChL yo'llanmasi bilan kifoyalanmoqchi emas

 9 APREL, 2026, 23:24

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi joriy mavsumda nafaqat UEFA Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish, balki turnir jadvalining eng yuqori pog'onalaridan joy egallashni maqsad qilgan.

Jamoa Maykl Kerrik boshqaruvida uchinchi o'ringa ko'tarildi va mavsum yakuniga sanoqli o'yinlar qolgan bir paytda Chempionlar Ligasi yo'llanmasi sari ishonch bilan harakat qilmoqda.

Yordamchi murabbiy Stiv Holland klub oldiga qo'yilgan vazifalar oddiygina kuchli to'rtlik yoki beshlikdan joy olish bilan cheklanmasligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa imkon qadar birinchi o'ringa yaqinlashishni va har bir uchrashuvda maksimal natija qayd etishni asosiy maqsad sifatida belgilagan.

Ma'lumot uchun, “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida 31 ta uchrashuvda 55 ochko jamg'argan golda uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Arsenal”dan 15 ochkoga ortda qolmoqda. Maykl Kerrik bosh murabbiy etib tayinlanganidan buyon jamoa 10 ta uchrashuv o'tkazdi. Ushbu bahslarning 7 tasida g'alaba qozonildi, 2 marta durang qayd etildi va faqat bir bor mag'lubiyatga uchraldi. Shuni ham qayd etish kerakki, so'nggi uchta o'yinning ikkitasida manchesterliklar ochko yo'qotishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ