Ayollar terma jamoamiz Osiyo chempionatini 5 ta medal bilan yakunladi
9 APREL, 2026, 12:48
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasi sari yaqinlashmoqda.Bugun musobaqa doirasida ayollar o'rtasidagi bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Final bahslarida ishtirok etgan qizlarimiz imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalanishdi.
-75 kg: Aziza Zokirova (O'zbekiston) – Bao Czi (Xitoy) 2:3
-80 kg: Ruxshona Parpieva (O'zbekiston) – Nadejda Ryabec (Qozog'iston) 0:5
SHu tariqa, O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunladi.
Sovrindorlarimiz:
Kumush:
-75 kg: Aziza Zokirova
-80 kg: Ruxshona Parpieva
Bronza:
-57 kg: Nigina O'ktamova
-70 kg: Oysha Toirova
+80 kg: Oltinoy Sotimboeva
Erkaklar o'rtasidagi finallar ertaga, 10 aprel kuni o'tkaziladi. Unda terma jamoamizning 5 nafar azosi oltin medal uchun ringga ko'tariladi.
Manba: olamsport.com
