logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniyalik mashhur hakam «Barselona» va «Atletiko» o'rtasidagi bahsli vaziyatni tahlil qildi

 9 APREL, 2026, 12:24

Ispaniyalik afsonaviy sobiq hakam Mateu Laos Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Barselona» va «Atletiko» o'rtasidagi bahsda belgilanmagan penalti haqida o'z fikrini bildirdi.

Ikkinchi bo'lim boshida «matraschilar» darvozaboni Xuan Musso to'pni o'yinga kirita turib, yonida turgan Mark Pubilga uzatma bergan, u esa o'z navbatida to'pni qo'li bilan surib qo'ygan edi. Kataloniyaliklar penalti talab qilishdi, biroq hakam qoidabuzarlik ko'rmadi, VAR esa vaziyatga aralashmadi.

«Agar qoida bo'yicha yondashilsa, bu — penalti. Biroq bunday vaziyatda qo'l bilan o'ynash shunchaki tasodifdir. Nima uchun penalti belgilanmaganini tushunib turibman», — deya Laosning tahlilini keltirmoqda Barca Universal.

«Barselona» o'z maydonida 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ