«Real» hujumchisi APLga yo'l olishi mumkin
9 APREL, 2026, 12:24
Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Angliya Premer-ligasi vakillarining qiziqishlari doirasida qolmoqda.
«Nyukasl» 22 yoshli futbolchini o'z transfer maqsadi sifatida belgilab oldi, deb xabar bermoqda jurnalist Grem Beyli. «Qarg'alar» hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va kelayotgan mavsumlar oralig'ida «qaymoqranglilar»ga ispaniyalik futbolchi bo'yicha taklif bilan chiqishlari mumkin.
Gonsalo Garsiya «Real» asosiy tarkibiga kamdan-kam hollarda kiritiladi — u Kilian Mbappening o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, yosh hujumchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi. O'yinchining «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
