logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» APL klublari qiziqayotgan futbolchisini sotishga qaror qildi

 9 APREL, 2026, 12:18

«Yuventus» darvozaboni Mikele di Gregorio, ehtimol, klubdagi so'nggi oylarini o'tkazmoqda.

Qishda bir qator ishonchsiz o'yinlardan so'ng, darvozabon «keksa sinora»ning asosiy tarkibidagi joyini yo'qotgan edi. Yaqinda italiyalik posbon maydonga qaytdi va hatto «Jenoa»ga qarshi bahsda (2:0) penaltini qaytarishga ham muvaffaq bo'ldi, shunga qaramay, klub rahbariyati baribir uni sotish fikrida qolmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, «Yuventus» mutasaddilari kelayotgan yozda 28 yoshli o'yinchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Hozirdanoq Angliya Premer-ligasi vakillari unga qiziqish bildirishmoqda, biroq aniq da'vogarlar nomi hozircha oshkor qilinmagan.

Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Mikele di Gregorioning bozor qiymati 14 million evroni tashkil etadi, uning shartnomasi esa 2029 yilgacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ