logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anri "Atletiko" bilan o'yindan so'ng Yamal haqida gapirdi

 9 APREL, 2026, 11:06

Frantsiyalik afsonaviy sobiq hujumchi Terri Anri Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi o'yinda Lamin Yamalning ko'rsatgan o'yini haqida fikr bildirdi.

"Ko'k-anorranglilar" o'z uylarida 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Kataloniyaliklarning yosh vingeri o'z o'yini uchun yana ko'plab maqtovlarga sazovor bo'ldi, biroq jamoadoshlari kabi samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

"Yamal o'yindan so'ng tushkun holatda ko'rindi. Bu oqshom u bor kuchini berdi, qo'lidan kelgan hamma ishni qildi, lekin jamoadoshlari uni uyatga qo'yib qo'yishdi (uni qo'llab-quvvatlay olishmadi)", – deya Anrining so'zlarini keltirmoqda Barca News.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ