"PSJ" darvozaboni jamoadagi ichki muhit haqida gapirdi
9 APREL, 2026, 11:06
"PSJ"ning birinchi raqamli posboni, rossiyalik darvozabon Matvey Safonov jamoadagi asosiy tarkib uchun raqobatchisi — frantsiyalik Lyuka Shevale bilan munosabatlari haqida to'xtalib o'tdi.
"Biz yagona darvozabonlar jamoasimiz. Hamma o'yindan oldin bir-biriga omad tilaydi, g'alabadan keyin esa tabriklaydi. Bu normal holat, jamoada aynan shunday bo'lishi kerak", — deya fikr bildirdi rossiyalik futbolchi Okko efirida.
Chorshanba kuni, 8 aprel sanasida "PSJ" UEFA Chempionlar ligasi chorak finali doirasida "Liverpul"ga qarshi dastlabki bahsni o'tkazdi. Luis Enrike shogirdlari o'z uylarida 2:0 hisobidagi g'alabani bayram qilishdi.
Qarama-qarshilikning javob uchrashuvi kelasi hafta Liverpulda bo'lib o'tadi.
