logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" Slot davrida hujumdagi eng zaif o'yinni o'tkazdi

 9 APREL, 2026, 10:42

"Liverpul" Chempionlar ligasi chorak finalining ilk bahsida "Pari Sen-Jermen"ga hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi (0:2).

Mersisaydliklar darvoza tomon atigi uchta zarba yo'llashdi, ammo ularning birortasi aniq chiqmadi. Parijliklar esa 18 ta urinish (oltitasi aniq) bilan javob qaytarishdi.

Opta nashrining xabar berishicha, ushbu uchrashuvda "Liverpul"ning kutilayotgan gollari (xG) ko'rsatkichi bor-yo'g'i 0,17 ni tashkil etgan — bu Arne Slotning klubdagi butun faoliyati davomidagi eng yomon natijadir. E'tiborli jihati, bundan avvalgi antirekord ham "Park de Prens"da o'rnatilgan edi: o'tgan yili "qizillar" Frantsiya poytaxtida 0,27 xG hajmida vaziyatlar yaratishgan, ammo o'shanda mo''jiza tufayli 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Arne Slot 2024 yilning yozidan buyon "Liverpul"ni boshqarib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ