Bugun ikki bokschimiz Osiyo chempionligi uchun jang qiladi
9 APREL, 2026, 07:32
Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida final bellashuvlari boshlanmoqda.Musobaqaning bugungi kuni doirasida ayollar o'rtasidagi hal qiluvchi bahslar bo'lib o'tadi.
Unda ikki nafar hamyurtimiz oltin medal yo'lida ringga ko'tariladi:
-75 kg: Aziza Zokirova (O'zbekiston) – Bao Czi (Xitoy) 11:45
-80 kg: Ruxshona Parpieva (O'zbekiston) – Nadejda Ryabec (Qozog'iston) 12:00.

Manba: olamsport.com
