UEFA: hafta o'yinlari Luchesku xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
8 APREL, 2026, 23:24
UEFA homiyligi ostida o'tadigan joriy haftadagi barcha klub musobaqalari uchrashuvlari sobiq murabbiy Mircha Luchesku xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.
Mutaxassis 7 aprel kuni 80 yoshida vafot etdi. U Ruminiya milliy terma jamoasi mashg'uloti paytida ahvoli yomonlashganidan so'ng shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar unga o'tkir miokard infarkti tashxisini qo'yishgan. 5 aprel kuni uning ahvoli yanada og'irlashib, sun'iy komaga kiritilgan edi.
Mircha Lucheskuning so'nggi ish joyi Ruminiya milliy terma jamoasi bo'lgan. Ushbu jamoa bilan u JCh–2026 saralash pley-off bosqichida Turkiya milliy terma jamoasiga mag'lub bo'lgan.
