logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

 8 APREL, 2026, 15:00

Superliganing 6-tur o'yinida muxlislar o'zbekcha mumtoz to'qnashuv guvohi bo'lishadi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 62 o'yin o'tkazishgan. Ustunlik "Paxtakor" tarafida - 30 g'alaba, 10 durang va 22 mag'lubiyat. Raqib darvozasiga 103 to'p kiritgan "Sherlar", 71 to'p o'tkazib yuborishgan. Farg'onadagi bellashuvlarning 16tasida "Neftchi" ustun kelgan bo'lsa, 8 bahsda Toshkent jamoasi g'alaba qozongan. Etti o'yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" 11 bor raqibni yirik hisobda dog'da qoldirishga erishgan bo'lsa, "Neftchi"da bunday g'alabalar soni uchtani tashkil qiladi

"Paxtakor"ning eng yirik g'alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do'rmonov o'zaro uchrashuvlarda 12 to'p kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze  har ikki jamoa tarkibida gol urgan o'yinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" o'rtasidagi to'qnashuv 9 aprel, payshanba kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ