logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" futbolchisi: "O'zimdan noroziman"

 8 APREL, 2026, 14:48

"Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi kechgan birinchi o'yindagi harakatlariga baho berdi. 21 yoshli futbolchi 93-daqiqagacha maydonda harakat qildi va myunxenliklarning "Santyago Bernabeu"da qo'lga kiritgan 2:1 hisobidagi g'alabasiga yordam berdi.

"Birinchi bo'limda men bir nechta yomon uzatmalarni amalga oshirdim, vaholanki ilgari bunday xatolarga umuman yo'l qo'ymasdim. Ikkinchi bo'limda o'yinim biroz qovushgan bo'lsa-da, o'z harakatlarimdan umuman qoniqmadim. Jamoa ajoyib o'yin ko'rsatdi. Endi boshlagan ishimizni oxiriga etkazib qo'yishimiz kerak", — deya jurnalist Kerri Xau Pavlovichning o'yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltirmoqda.

"Real" darvozasiga gollarni Luis Dias va Xarri Keyn kiritishdi, Madrid klubining yagona javob to'piga esa Kilian Mbappe mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ