"Real" Rodrini faqat ikkita shart bilan sotib oladi
8 APREL, 2026, 14:24
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini o'z safiga qo'shib olish fikridan voz kechgani yo'q. "Shaharliklar" etakchisi hali ham "qaymoqranglilar"ning kelayotgan yozgi transfer oynasi uchun rejalarida bor.
Biroq, "Defensa Central" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" transferni faqat ikkita shart bajarilsagina amalga oshirishga harakat qiladi:
Xavbek Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionatida o'zining jismoniy holati joyida ekanini isbotlashi kerak.
Transfer narxi 50 million evrodan oshmasligi lozim.
"Transfermarkt" portali Rodrining bozor qiymatini 65 million evroga baholamoqda. Shu yilning iyun oyida 2024 yilgi "Oltin to'p" sohibi 30 yoshga to'ladi
