logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Levandovski "Barselona" borasida bir qarorga keldi

 8 APREL, 2026, 14:12

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Polyakning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi.

Jurnalist Roxer Torelloning ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi maoshi kamayishiga rozi bo'lgan holda yangi bitim imzolashga tayyor. Biroq, u avval Kataloniya grandi taklif qiladigan aniq shartlar bilan tanishib chiqmoqchi.

Robert Levandovski joriy mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Mish-mishlarga ko'ra, 37 yoshli futbolchiga "Yuventus", "Milan" va "Chikago Fayr" klublari qiziqish bildirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ