logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Javohir Sindarov: «Imkoniyat bo'lsa, doim raqibga bosim o'tkazishga harakat qilaman»

 8 APREL, 2026, 09:18

Nomzodlar turnirining 8-turida hamyurtimiz Javohir Sindarov rossiyalik grossmeyster Andrey Esipenko bilan durang qayd etdi. Partiyadan so'ng u o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Sindarovning ta'kidlashicha, u o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan:

“Raqibimdan kataloncha boshlanishga o'xshash variant kutgandim. Debyutdan keyin tayyorgarligimdagi pozitsiya yuzaga keldi va u menga yoqa boshladi. Andrey uzoq o'yladi. Bir payt tushundimki, agar piyoda qurbon qilmasam, shunchaki biroz ustunlikka ega, lekin cho'zilgan o'yin bo'ladi. Shu tufayli tashabbus uchun piyoda qurbon qildim”.

Uning fikricha, qurbonlikdan keyin pozitsiya ancha qulay bo'lgan:

“O'sha vaziyat menga juda yoqdi. Umuman olganda, bugungi natijani yaxshi deb baholayman”.

Durang natija uning o'yiniga ta'sir qiladimi, degan savolga Sindarov quyidagicha javob berdi:

“Oldin ham duranglar bo'lgan. Men uchun eng muhimi sifatli shaxmat o'ynash. Imkoniyat paydo bo'lsa, har doim raqibga bosim qilishga harakat qilaman”.

Shuningdek, u partiya oldidan futbolchi David Luiz tomonidan birinchi yurish amalga oshirilganini ham eslab o'tdi:

“Men ham, Andrey ham futbol muxlisimiz. Bunday mehmonlar kelganda juda xursand bo'laman”.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ