logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ahmadaliev, Halokov va Mullajonov professional boksdagi navbatdagi jangini o'tkazadi

 7 APREL, 2026, 22:42

Toshkent shahridagi “Humo Arena”da boks Olimpiya chempionlari va jahon yulduzlari ishtirokida 2026 yil 29 may kuni yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda Murodjon Ahmadaliev, Abdumalik Halokov va Lazizbek Mullajonov ringga ko'tarilishi rejalashtirilgan.

Mazkur turnir WBC Eurasia, O'zbekiston professional boks federatsiyasi va Lift Promotion hamkorligida o'tkaziladi. Oqshom dasturidan o'rin olgan janglar nafaqat reyting ochkolari uchun kurashni, balki ayrim vazn toifalarida WBC Eurasia chempionlik kamarlarini ham o'z ichiga oladi.

Unda professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasi sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev (14-2) venesuelalik Hegli Moskedaga (27-1) qarshi ringga ko'tariladi.

Yana bir muhim jang ikki karra Olimpiya chempioni, kubalik Robeysi Ramires (17-3) hamda tojikistonlik mahoratli bokschi Asror Vohidov (13-1) o'rtasida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Og'ir vazn toifasida Olimpiya o'yinlari chempioni Lazizbek Mullajonov (7-0) WBC Eurasia chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. Yana bir Olimpiada chempioni Abdumalik Halokov (2-0) ishtirokidagi bellashuv ham kechaning eng kutilgan janglaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Shu bilan birga, yarim og'ir vaznda mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotgan rossiyalik Ali Ismailov (13-0) ham WBC Eurasia kamari uchun bahs olib boradi.

Asosiy kard:
Murodjon Ahmadaliev – Hegli Moskeda
Asror Vohidov – Robeysi Ramirez
Lazizbek Mullajonov – Luis Garsia
Abdumalik Halokov – Ramadan Iddi
Ali Ismailov – Frank Shagembe
Shohjahon Abdullaev – Denis Okoz
Anderkard:
Nurislom Ismoilov – Dulla Mbabe
Shohabbos Mahmudov – Asadbek Bekmirzaev

Shuningdek, ushbu boks oqshomida A'loxon Abdullaev, Nusratbek Tohirov va Abdulloh Madaminov ham ringga ko'tariladi.

Ma'lumot o'rnida, WBC Eurasia 2025 yil dekabr oyida MDH va Qora dengiz mintaqasi boks byurosi negizida qayta tashkil etilgan bo'lib, unga o'zbekistonlik G'ofur Rahimov rahbarlik qilib kelmoqda.

Janglarni yuqori tashkiliy darajada o'tkazish maqsadida World Boxing Council (WBC) tomonidan Pet Fiakko nazoratchi sifatida tayinlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ