Rosenor: "Men manman emasman, shunchaki o'z ishimning ustasiman"
7 APREL, 2026, 22:00
"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor o'z faoliyati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men manman emasman, men o'z qilayotgan ishimni yaxshi bilaman. Vaqtinchalik murabbiy, yordamchi yoki bosh murabbiy bo'lib ishlagan barcha joylarimda, qaysi guruh bilan ishlashimdan qat'i nazar, muvaffaqiyatga erishganman. Shu sababli doim "Chelsi" kabi klubda ishlashni istaganman. Gap faqat bu erda bo'lishda emas, balki muvaffaqiyat qozonishda. Bu men uchun faqat boshlanishi, men bor kuchimni beraman.
Hech kim g'alaba yoki muvaffaqiyatga kafolat bera olmaydi, lekin shu bilan birga, men muvaffaqiyat qozonishim mumkin bo'lgan mavqega erishish uchun uzoq va qattiq mehnat qildim. Men juda diqqatliman va ko'pchilikning gap-so'zlari meni chalg'itmaydi. Ushbu lavozimni egallashdan oldin "Chelsi" rahbariyati bilan uchrashganman va bu erda nima qilishim kerakligini aniq bilaman.
Shuning uchun, agar "Chelsi" muxlislariga biror gap aytganimda, shunday degan bo'lardim: sabrli bo'ling va umidni yo'qotmang, chunki men jamoam bilan Evropaning eng kuchli klublari qatoridan mustahkam o'rin olish uchun tinimsiz ishlayapman", — dedi Rosenor matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Liam Rosenor shu yilning yanvar oyida "Chelsi" boshqaruviga kelgan edi. U bu lavozimda Entso Mareskaning o'rnini egalladi.
