logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kimmix Italiyaning JCh-2026'dan quruq qolganiga munosabat bildirdi

 7 APREL, 2026, 17:24

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi himoyachisi/yarim himoyachisi Yozua Kimmix Italiya terma jamoasining muvaffaqiyatsizligi — jamoaning JCh-2026 ga chiqa olmagani haqida fikr bildirdi. Aftidan, Kimmixga bu savolni italiyalik jurnalist bergan.

"Italiya ketma-ket uchta jahon chempionatini o'tkazib yubordi, biroq bu orada sizlar Evropa chempioni bo'ldingiz. Biz esa [Germaniya terma jamoasi] oxirgi 10 yil ichida faqatgina bitta Konfederatsiyalar kubogini qo'lga kiritdik, xolos. Ehtimol, men bu savolga javob berishi kerak bo'lgan eng to'g'ri odam emasdirman, lekin men doim sizlarning jahon va Evropa chempionatlarida o'ynashingizga umid qilaman. Italiya — ajoyib futbolchilarga ega bo'lgan buyuk mamlakat, men ularni mundialda ko'rishni istardim. Shu sababli, voqealar bunday tus olganidan xursand emasman", — deya Kimmixning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o'tamiz, Italiya oxirgi marta 2014 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ