logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kanselu Flik va Xavini solishtirdi

 7 APREL, 2026, 17:24

"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu Xavi Ernandes va Xans-Diter Flikni solishtirdi.

— Siz Xavi Ernandes qo'l ostida ham shug'ullangansiz va hozirda Xansi Flik bilan birgasiz. Ular o'rtasida nima o'zgardi? Va hozirgi "Barselona" avvalgisidan yaxshiroqmi?

— Har kimning o'ziga yarasha ustunliklari va kamchiliklari bor, bu har doim shunday bo'lib kelgan. Men Xavi Ernandesdan juda minnatdorman, chunki u menga ko'p yordam bergan murabbiy. Uni futbolchilik davrida ham ko'p kuzatganman, u menga juda yoqadigan o'yinchi edi.

Xansi Flik esa boshqacha, lekin u albatta yaxshiroq yoki yomonroq degani emas. O'ylaymanki, ularning ikkalasi ham buyuk murabbiylar. Balki Flikning murabbiylik faoliyati uzoqroq bo'lgani uchun tajribasi biroz ko'proqdir, lekin Xavi ham ajoyib murabbiy bo'lishiga ishonaman", - dedi 31 yoshli portugaliyalik himoyachi matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ