logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya"ning sobiq futbolchisi g'azabda: "Real" - Evropadagi eng jirkanch klub"

 7 APREL, 2026, 16:18

"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Markus Babbel Madridning "Real" klubini ayovsiz tanqid ostiga oldi.

"Real" — Evropadagi eng nafratli klub va "Bavariya" keyingi bosqichga chiqsa, juda yaxshi bo'lardi. Mening fikrimcha, "Real"ning so'nggi yillardagi o'zini tutishi mutlaqo sportga zid. Buning "halol o'yin" (fair play) bilan hech qanday aloqasi yo'q. Menda shunday taassurot borki, ular o'zlarini hammadan ustun qo'yishadi va qolganlardan yaxshiroq deb o'ylashadi. Bu meni chindan ham g'azablantiradi va ulardan nafratlanishga majbur qiladi.

"Bavariya" agar o'z futbolchisi sovrinni qo'lga kiritmasa, "Oltin to'p" marosimini hech qachon boykot qilmagan bo'lardi. Bu — barchaga nisbatan hurmatsizlik. Men "Real"ning bunday harakatini jirkanch deb hisoblayman", — dedi Babbel Sky 90 efirida.

Seshanba kuni Chempionlar ligasi 1/4 finalining dastlabki uchrashuvida "Real" o'z maydonida "Bavariya"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ