logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maguayr: «Ishonchim komil, eng yaxshi lahzalarimiz hali oldinda»

 7 APREL, 2026, 15:24

«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr klub bilan yangi kelishuvga imzo chekkanidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Avvalroq «qizil iblislar» 33 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni yana bir yilga uzaytirilganini rasman e'lon qilgan edi.

«Manchester Yunayted» sharafini himoya qilish — bu eng oliy sharaf. Bu men va oilam har kuni faxrlanadigan mas'uliyatdir. Ushbu aql bovar qilmas klubda qolishim uzaytirilganidan xursandman. Jamoadagi har bir inson sovrinlar uchun kurashishga ahd qilgan va ishonchim komil — bizning eng yaxshi lahzalarimiz hali oldinda», — deya Maguayrning so'zlarini keltirmoqda mankunianliklar matbuot xizmati.

Hozirda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 31 turdan so'ng 55 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoani oldinda 13 aprel kuni «Lids»ga qarshi muhim bahs kutmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ