logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joze Mourino g'alaba qo'ldan chiqarilgach, hissiyotlarga boy matbuot anjumani o'tkazdi

 7 APREL, 2026, 14:54

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya chempionati 28-turida «Kaza Piya» bilan durangdan (1:1) so'ng keskin fikrlar bildirdi. Ushbu natija jamoaning chempionlik imkoniyatlariga deyarli nuqta qo'ydi.

«Shuni aytamanki: biz shunchaki ikki ochko emas, balki chempionlik uchun kurashish imkoniyatimizni yo'qotdik. Endi ikkinchi o'rin uchun kurashda ham hamma narsa o'zimizga bog'liq emas. Birinchi bo'lim menga yoqmadi. Tanaffusda nimani o'zgartirish kerakligini tushuntirishga harakat qildim... Chunki oramizda ba'zilar borki, ular xuddi futbol bilan yashamayotgandek, undan nafas olmayotgandek tuyuladi. Go'yoki ular reallikni unutib qo'yishgan. Men ularga matematikani tushuntirdim: agar bu o'yinda g'alaba qozonmasak, chempionlik poygasi tugaydi.

Ikkinchi bo'limda o'yinimiz ancha yaxshilandi, ko'plab vaziyatlar yaratdik. 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda jamoada bo'shashish kuzatildi. Bor kuchi bilan o'ynaydigan jamoada bo'lishi kerak bo'lgan o'sha energiya va «ochlik» sezilmadi. Uchinchi o'rin haqida gapiradigan bo'lsak, biz qolgan hamma o'yinlarda yutqazsak ham bo'laveradi shekilli.

Raqib futbolchilari maydonga yiqilib, vaqt cho'zishdi, hakam esa bunga yo'l qo'yib berdi. Olti daqiqa qo'shib berilgani achinarli. Sudya natijaga ta'sir qilmadi, lekin yomon o'yinga ta'sir qildi. Jamoada yomon odamlar yo'q, lekin ba'zilar borki, bank hisob raqami va sovrinlaridan qat'i nazar hamisha «och» bo'ladi, boshqalar esa hayotga juda engil qarashadi. Ularga xarakter etishmayapti. Bu meni xafa qiladi», — dedi Mourino matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ