logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» 50 million funtlik futbolchisidan voz kechmoqda

 7 APREL, 2026, 13:30

«Manchester Yunayted» tayanch yarim himoyachisi Manuel Ugarteni sotib yuborishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi Urugvay terma jamoasi a'zosini "PSJ"dan taklif qilish uchun 50 million funt sterling sarflagan edi, biroq bu transfer o'zini oqlamadi.

Ugarte o'zining ikkinchi mavsumida asosan zaxira o'yinchisiga aylanib qoldi va Angliya Premer-ligasida bor-yo'g'i etti bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. «Yunayted» kelayotgan yozda, hatto jamoani Kazemiro tark etayotgan bo'lsa-da, yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor. Xabar qilinishicha, futbolchiga Turkiya va Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.

Ugarte 2024 yilning yozidan beri mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda urugvaylik futbolchi barcha turnirlarda 23 ta o'yinda ishtirok etdi, biroq birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ