logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» muxlislari isyon ko'tarmoqda

 7 APREL, 2026, 13:12

«Liverpul» muxlislari kengashi chiptalar narxi oshirilgani sababli, APL doirasida 11 aprel kuni «Fulxem»ga qarshi kechadigan uy uchrashuvidan boshlab «Enfild» ichkarisida va tashqarisida norozilik aktsiyalari o'tkazilishini e'lon qildi.

Ishqibozlar jamoa ixlosmandlarini stadion hududida pul sarflamaslikka va abonementlarni uzaytirishni kechiktirishga chaqirdi. Bundan ko'zlangan maqsad — klub xo'jayini, Fenway Sports Group rahbari Jon Xenriga «signal yuborish» hisoblanadi.

Yaqinda mersisaydliklar inflyatsiyani sabab qilib ko'rsatgan holda, keyingi uch mavsumning har birida chiptalar narxini oshirishini ma'lum qildi. Shunga ko'ra, 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab 39 funtdan 61 funtgacha bo'lgan kattalar chiptasi 3 foizga — taxminan 1,25–1,75 funtga qimmatlashadi.

Hozirda 713 funtdan 904 funtgacha bo'lgan mavsumiy abonementlar narxi esa 21,5 funtdan 27 funtgacha oshadi — bu har bir o'yin uchun 1,42 funt qo'shimcha xarajat demakdir.

Bunga qadar «Liverpul» oxirgi 10 mavsumning 8 tasida chiptalar narxini o'zgarishsiz saqlab kelgan edi. Endilikda klub rahbariyati 2016/17 yilgi mavsumdan beri «Enfild»da o'yin kunlaridagi operatsion xarajatlar 85 foizga oshganini da'vo qilmoqda.

«Qizillar»ning muxlislar kengashi esa, o'z navbatida, klubning media va tijorat faoliyatidan olayotgan daromadlarini hisobga olsa, chiptalar narxini oshirishga hech qanday ehtiyoj yo'q deb hisoblaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ