logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

MYU 60 millionga olgan futbolchisini sotishga tayyor

 7 APREL, 2026, 13:00

"Manchester Yunayted" markaziy yarim himoyachisi Manuel Ugarteni sotmoqchi.

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi Urugvay milliy jamoasi o'yinchisinining o'yinidan qoniqish hosil qilmayapti.

Ikkinchi mavsumda Ugarte jamoada faqat rotaciya o'yinchisi bo'lib qoldi va Angliya Premer-ligasida atigi etti marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. "Yunayted" yarim himoyachi bilan yozda xayrlashishga tayyor.

Malum bo'lishicha, o'yinchiga Turkiya va Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.

Ugarte mankunianliklar safida 2024 yil yozidan beri o'ynamoqda. Ingliz jamoasi futbolchini PSJdan 60 million evroga sotib olgandi. Joriy mavsumda Urugvay milliy jamoasi o'yinchisi barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, natijali harakatlar bilan ajralib turmadi. O'yinchi bilan shartnoma 2029 yil yozigacha tuzilgan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ