Jahon chempioni Vinisius Juniorni tanqid qildi
7 APREL, 2026, 12:48
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorning xulq-atvorini tanqid qildi.
Braziliyalik futbolchining yuksak mahoratini inkor etmagan holda, Matteus uni doimiy provokatsiyalar va tinimsiz nolishlarda aybladi.
«Vinisius, shubhasiz, ajoyib futbolchi, lekin u to'xtamasdan raqiblarini provokatsiya qiladi. Maydonda unga nisbatan qo'polroq o'ynashsa, faqat shikoyat qilish va nolish bilan band bo'ladi», — deya Matteusning so'zlarini keltiradi Sky 90.
Irqchilik ko'rinishlari — Vinisiusning eng ko'p tilga oladigan mavzularidan biri hisoblanadi. Braziliyalik futbolchi ushbu illatga qarshi har doim, o'z imkoniyati darajasida kurashishini ta'kidlab keladi.
2025/2026 yilgi mavsumda Vinisius 44 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
