logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zPFL: «Bunyodkor» va «Lokomotiv» futbolchilari qo'mita yig'ilishiga qadar maydonga tushmaydi

 7 APREL, 2026, 12:24

Superliga 5-turidan o'rin olgan «Bunyodkor» — «Lokomotiv» uchrashuvi yakunida kelib chiqqan janjal sabablari o'rganib chiqildi. Maxsus inspektsiya 6 aprel kuni Linaga o'z bildirgisini taqdim etdi.

O'rganish natijalari:

Voqea tafsilotlari stadion kameralari, guvohlar va Komissar ko'rsatmasi yordamida o'rganilgan. Shuningdek, quyidagi shaxslar bilan suhbat o'tkazilgan:

Abdulloh Yo'ldoshev («Lokomotiv» futbolchisi)

Narimon Ahmadjonov («Bunyodkor» futbolchisi)

Bek Abdullaev («Bunyodkor» selektsioner murabbiyi)

Botir Zohidov («Bunyodkor» ma'muri)

Liganing pozitsiyasi:

Garchi tomonlar ichki ishlar bo'limida bir-biriga nisbatan da'vosi yo'qligini bildirgan bo'lsa-da, Liga professional sportchiga xos bo'lmagan bu harakatni jazosiz qoldirmaslikka qaror qildi. Ayniqsa, voqea o'yin tugaganidan keyin, «o'ch olish» maqsadida sodir etilgani alohida qoralandi.

Qabul qilingan choralar:

Litsenziyani qaytarib olish: «Lokomotiv» futbolchisi Abdulloh Yo'ldoshev va «Bunyodkor» a'zosi Narimon Ahmadjonovning litsenziyalari Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishiga qadar qaytarib olindi. Ular maydonga tusha olmaydi.

Klubga nisbatan sanktsiya: «Bunyodkor» klubi o'z xodimi (Bek Abdullaev)ning texnik zonadagi noo'rin harakatlari va vaziyatni keskinlashtirgani uchun alohida sanktsiyaga tortilishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ