Osiyo chempionati: Kunduzgi dasturda ikki bokschimiz final chiptasini hal qildi, Nigina O'ktamova musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi
7 APREL, 2026, 11:48
Ulan-Bator mezbonligidagi boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari o'zining yakuniy pallasiga kirib bormoqda.Bugun musobaqaning kunduzgi dasturida o'zbekistonlik uch nafar bokschi o'z janglarini o'tkazishdi.
Javohir Abdurahimov (75 kg) hamda Jasurbek Yo'ldoshev (85 kg) yarim final doirasidagi bahslarda g'alabaga erishgan bo'lsa, Nigina O'ktamova ushbu bosqichda hindistonlik raqibasi oldida ojiz qoldi.
Kunluzgi dastur natijalari:
-57 kg: Nigina O'ktamova - Jasmin (Hindiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra, 2:3)
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Akash (Hindiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra, 4:1)
-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Lokesh (Hindiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra, 5:0).
Manba: olamsport.com
