logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekistonning JChdagi raqibi EChL g'olibini o'z safiga qo'shib olmoqchi

 6 APREL, 2026, 20:00

Kongo Demokratik Respublikasi bir nechta ikki fuqarolikka ega bo'lgan futbolchilarni Jahon chempionatida o'z bayrog'i ostida to'p surishga ko'ndirish uchun Evropaga o'z vakillarini yubordi. Ro'yxatdan quyidagi futbolchilar o'rin olgan:

Senni Mayulu (“PSJ”)
El-Shaday Bitshiabu (“RB Leyptsig”)
Antoni Milambo (“Brentford”)

Ular orasida eng nomdor futbolchi — transfer narxi 40 million evroga baholanayotgan 19 yoshli yarim himoyachi Senni Mayuludir. U joriy mavsum “PSJ” safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Parij klubi tarkibida UEFA Chempionlar Ligasi, FIFA Qit'alararo kubogi, Frantsiya chempionati, Kubogi va Superkubogida zafar quchdi. Ayniqsa, 2025/2026 yilgi EChL finalida “Inter” darvozasini ishg'ol etgani diqqatga sazovordir.

Agar Kongo jamoasi ushbu iqtidorlarni o'z safiga jalb qila olsa, tarkib yana uch nafar yuqori saviyali legioner bilan kuchayadi.

Ma'lumot uchun, Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati qit'alararo pley-off bosqichi finalida Yamayka ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Afrika qit'asi vakili mundialning “K” guruhida O'zbekiston, Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Kongo DR va O'zbekiston o'rtasidagi 3-tur uchrashuvi 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ