logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius Alonsoga nisbatan noo'rin xatti-harakat qilganini tan oldi

 6 APREL, 2026, 17:42

Madridning «Real Madrid» klubi vingeri Vinisius Junior Ispaniya La Ligasining 10-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi bahsda (2:1) «qaymoqranglilar»ning sobiq murabbiyi Xabi Alonsoga nisbatan noo'rin xatti-harakat qilganini tan oldi.

«Bu yoqimsiz holat edi, men barchadan uzr so'radim. Har bir o'yinda maydonga tushishni yaxshi ko'raman va hech birida ataylab xato qilmaganman. Keyinroq, xotirjam holda o'ylab ko'rsangiz, xatoga yo'l qo'yganingizni tushunasiz. Men yoshman va har bir kun — o'zingni rivojlantirish uchun yangi tajriba.

Har bir murabbiyning o'ziga xos jihatlari bor va ehtimol, biz unchalik yaxshi kelisholmagandirmiz. Men ko'p narsani o'rgandim, vaziyatni tahlil qildim va endi yaxshiroq futbolchiga aylandim», — deyiladi Vinisius so'zlarida.

Braziliyalik futbolchi almashtirilgandan so'ng Xabi Alonsoga nisbatan e'tirozlar bildirib, to'g'ridan-to'g'ri tribunalar ostiga yo'l olgan. Biroz vaqt o'tgach, u zaxira o'rindig'iga qaytib, o'yinning so'nggi daqiqalarini jamoadoshlari bilan birga kuzatgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ