"Atletiko"ning 3 nafar asosiy tarkib futbolchisi safga qaytdi
6 APREL, 2026, 17:12
"Atletiko" Madrid chorshanba oqshomida EChL 1/4 final dastlabki o'yinida "Barselona" mehmoni bo'ladi.
Ushbu o'yindan oldin "matraschilar"ning 3 nafar asosiy futbolchisi Mark Pubil (himoyachi), Rodrigo Mendosa (yarim himoyachi) va Yan Oblak (darvozabon) safga qaytdi.
Ular katta ehtimol bilan "Kamp Nou"dagi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi.
