logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. "PSJ" — "Liverpul" va "Barselona" — "Atletiko" uchrashuviga hakamlar tayinlandi

 6 APREL, 2026, 16:54

Hakam Xose Mariya Sanches Martines Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi "PSJ" va "Liverpul" o'rtasidagi dastlabki o'yinga tayinlandi. Uchrashuv chorshanba kuni "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tadi.

Sanchesga qanotlarda Raul Kabanero va Inigo Prieto yordam berishadi, zaxira hakami vazifasini esa Xuan Martines Munuera bajaradi. VAR tizimi uchun Karlos del Serro Grande va Gilermo Kuadra Fernandes mas'ul bo'lishadi.

"Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi bahsga ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach (suratdagi) tayinlandi. Unga Mixay Maritsa va Ferents Tunogi yordam berishadi, zaxira hakami — Sabolch Kovach. VAR uchun germaniyalik Kristian Dingert, AVAR uchun esa portugaliyalik Tiagu Martinsh javobgar etib belgilandi.

Dastlabki o'yin Lissabonda bo'lib o'tadi, javob uchrashuvi esa 15 aprel kuni Londonga rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ