logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jarohat olgan Rafinyaning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

 6 APREL, 2026, 16:36

"Barselona" hujumchisi Rafinya Dias Braziliyadan klub ixtiyoriga qaytdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, terma jamoa safida jarohat olgan futbolchi tiklanish jarayonini "Barselona"da davom ettiradi. Qayd etilishicha, Rafinyaning asosiy maqsadi — 10 may kuni Madridning "Real" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan bahsgacha safga qaytish.

Joriy mavsumda 29 yoshli Rafinya barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

"Barselona" o'zining navbatdagi o'yinini 8 aprel kuni Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o'tkazadi. Chempionlar Ligasi chorak finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ