logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Nomzodlar turniri". Sindarov tarixiy natija bilan birinchi davrani yakunladi

 6 APREL, 2026, 10:16

Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"da birinchi davra yakuniga etdi.

Xabar berganimizdek, kecha musobaqaning 7-turida amaldagi Jahon Kubogi g'olibi Javohir Sindarov duranglar qiroli nomi bilan tanilgan niderlandiyalik Anish Giri bilan murosaga keldi. Bu bilan hamyurtimiz 7 imkoniyatdan 6 ochko to'plab, turnir tarixida birinchi davrani eng ko'p ball bilan yakunlagan shaxmatchiga aylandi. Bundan avvalgi rekord Yan Nepomnyashiyga tegishli bo'lib, 2022 yilgi "Nomzodlar turniri"ning birinchi davrasida 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'argandi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ikkinchi davra oldidan Javohir Sindarov 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. U eng yaqin taqibchisi Fabiano Karuanani 1,5 ochkoga ortga qoldirmoqda. Fabi 7-turda qora donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan durang o'ynadi. Bu turda faqat Vey Yi g'alaba qozondi va haqli ravishda tur shaxmatchisi bo'ldi. Unga qadar Sindarov 4 ta turda ketma-ket eng yaxshi bo'lgan edi. 


Bir kunlik tanaffusdan so'ng, ertaga "Nomzodlar" turnirida ikkinchi davra start oladi. Sakkizinchi turda Javohir rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Fabiano Karuana AQSH derbisida Hikaru Nakamura bilan hisob-kitob qiladi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ