logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. "Real" - "Bavariya", "Sporting" - "Arsenal" o'yinlariga hakamlar tayinlandi

 6 APREL, 2026, 10:12

Hakam Maykl Oliver Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Real" va "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yinga tayinlandi. Uchrashuv seshanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.

Oliverga qanotlarda Styuart Bert va Jeyms Meynuoring yordam berishadi. To'rtinchi hakam – Endryu Medli. Videoyordamchi hakam (VAR) – Jarred Jillett, uning yordamchisi esa italiyalik Marko Di Bello bo'ladi. Bu Oliver uchun "Real" ishtirokidagi evrokuboklardagi beshinchi o'yin bo'ladi.

Bungacha u madridliklarning EChL-2017/18 chorak finalida "Yuventus"ga qarshi (1:3), 2022 yilgi UEFA Superkubogida "Ayntraxt" bilan (2:0), EChL-2023/24 guruh bosqichida "Braga"ga qarshi (2:1), shuningdek, joriy evromavsumda "Olimpiakos" bilan (4:3) kechgan bahslarida ishlagan.

Shu bilan birga, UEFA seshanba kungi boshqa bir chorak final uchun ham tayinlovlarni e'lon qildi. "Sporting" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yinni germaniyalik Daniel Zibert boshqarib boradi.

Unga Yan Zaydel va Rafael Foltin yordam beradi, zaxira hakami sifatida Daniel Shlager ishlaydi. VAR uchun Bastian Dankert, uning yordamchisi sifatida esa Seren Shtorks mas'ul bo'ladi.

Birinchi o'yin Lissabonda bo'lib o'tadi, javob uchrashuvi esa 15 aprel kuni Londonga belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ