Xabib yoki Islam? Arman Carukyan eng yaxshisini aytdi
6 APREL, 2026, 09:16
Arman Carukyan Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachevni ideal formada solishtirganda, eng yaxshi jangchi kim degan savolga javob berdi."Kim yaxshiroq - eng yuqori cho'qqisidagi Xabibmi yoki Islam?", - deb so'radi Carukyandan bloger Ranjit Singx (N3on).
"Islam! CHunki u ko'p qirrali jangchi va kamiga uning burchagida Xabib bor", - deya javob berdi rossiyalik top engil vaznli jangchi.
Arman Carukyan 18 aprel kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan RAF 8 kurash turnirida amerikalik faxriy Yuraya Feyberga qarshi bahs olib boradi. SHuningdek, u iyun oyida Oq uydagi UFC bayram shousining asosiy jangi hisoblangan Iliya Topuriya va Jastin Getji bahsini sug'urtalashni rejalashtirmoqda.

Manba: olamsport.com
