Bugun 4 nafar bokschimiz Osiyo chempionati final chiptasi uchun ringga ko'tariladi
6 APREL, 2026, 07:48
Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.Bugundan qita birinchiligida 1/2 final bahslari boshlanadi. Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining 4 nafar bokschisiga muxlislik qilamiz. Ikki bokschi qizlarimiz hindistonlik raqibalariga qarshi ringga chiqsa, yana biri qozog'istonlik dugonasi bilan hisob-kitob qiladi. Abdulloh Madaminovning yaponiyalik SHion Nishiyamaga qarshi o'tkazadigan jangi esa charm qo'lqop ustalarimizning bugungi ishtirokini yakunlab beradi.
Kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 09:00, kechki dastur esa soat 14:00da boshlanadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-70 kg: Oysha Toirova - Arundhati CHoudhari (Hindiston) 10:15
-75 kg: Aziza Zokirova - Lovlina Borgoxain (Hindiston) 10:30
+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Dina Islambekova (Qozog'iston) 15:15
-65 kg: Abdulloh Madaminov - SHion Nishiyama (Yaponiya) 15:30


Manba: olamsport.com
