logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Niderlandiya terma jamoasi a'zosi xochsimon paylaridan jarohat oldi

 6 APREL, 2026, 04:24

PSV yarim himoyachisi Yerdi Sxauten tizzasidagi xochsimon bog'lamlaridan jarohat oldi.

Futbolchi Eredivizi doirasida kecha «Utrext»ga qarshi kechgan bahsning (4:3) 65-daqiqasida jarohati sababli almashtirilgan edi.

29 yoshli o'yinchiga jarrohlik amaliyoti talab etiladi. Bu yakshanba kuni o'tkazilgan qo'shimcha tibbiy ko'rikdan so'ng tasdiqlandi, deb xabar bermoqda PSV matbuot xizmati.

Davolanishning aniq rejasi keyingi haftada ishlab chiqiladi. Shu tariqa, Sxauten katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini va yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ