logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bu tasodif emas»: Alan Shirer «Arsenal»ning chempionlik poygasidagi muammolari haqida

 6 APREL, 2026, 04:12

Mashhur sobiq futbolchi Alan Shirer «Arsenal»ning Angliya Kubogidagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng jamoaning Premer-liga chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini baholadi.

4 aprel kuni Mikel Arteta shogirdlari chorak final bahsida sensatsion tarzda «Sautgempton»ga imkoniyatni boy berdi. Shirerning fikricha, ushbu mag'lubiyat «to'pchilar»ning kelgusi natijalariga o'z ta'sirini o'tkazadi.

«Bu tasodif emas. G'alaba o'sha oqshomdagi eng yaxshi jamoaga nasib etdi. Angliya Kubogidan chiqib ketgandan so'ng, ularga ruhiy jihatdan qayta tiklanish va o'z maqsadlari sari harakat qilish juda qiyin bo'ladi», — deya Shirerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Betfair.

Ayni damda «Arsenal» Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Manchester Siti»dan to'qqiz ochko oldinda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ