Ian Rayt «Arsenal»ni tanqid qildi: «Shunday paytda chempionlikka tayyorlik bilinadi»
6 APREL, 2026, 04:06
«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Ian Rayt London klubining Angliya Kubogidagi muvaffaqiyatsizligiga munosabat bildirdi.
Shanba kuni Mikel Arteta shogirdlari Angliya Kubogi chorak finalida kutilmaganda Chempionship vakili «Sautgempton»ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
«Premer-liga yakunigacha ettita o'yin qoldi... va sen chorak finalda «Sautgempton»ni mag'lub eta olmayapsanmi? Aynan shunday lahzalarda sening chempionlik uchun haqiqatda qanchalik tayyor ekanliging ko'rinib qoladi», — dedi Rayt.
Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida «to'pchilar» 70 ochko bilan birinchi o'rinda borishmoqda. «Arsenal» ikkinchi pog'onadagi «Manchester Siti»ni 9 ochkoga ortda qoldiryapti.