logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga 1. «Monako» o'z uyida «Marsel» ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritdi

 6 APREL, 2026, 02:54

«Monako» Frantsiya Liga 1 musobaqasining 28-turi doirasida o'z maydonida «Marsel» ustidan g'alaba qozondi — 2:1.

Uchrashuvning 59-daqiqasida rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin hisobni ochdi. Bu uning joriy mavsumdagi barcha turnirlardagi beshinchi goli bo'ldi.

74-daqiqada Folarin Balogun mezbonlarning ustunligini ikkitaga oshirdi. «Marsel» esa 85-daqiqada Amin Guirining goli evaziga javob qaytardi.

«Monako» (49 ochko) Liga 1 da ketma-ket ettinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgan «Marsel» (49 ochko) esa qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga monegasklarni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Frantsiya Liga 1. 28-tur
05.04.2026 | 23:45
«Lui II», Monako

«MONAKO» — «MARSEL'» — 2:1
Gollar: Aleksandr Golovin 59 (1:0), Folarin Balogun 74 (2:0), Amin Guiri 85 (2:1).

«Monako»: Gradetski, Zakariya, Fas, Kerer, Kamara, Kulibali (Bamba, 65), Mavissa (Diatta, 65), Teze, Golovin (Fati, 75), Akliush (Bieret, 84), Balogun (Adingra, 84).

«Marsel»: Ruli, Igan-Rayli (Balerdi, 77), Medina, Pavar, Xeyberg (Emerson, 89), Timber, Payshan, Vea (Abdelli, 89), Traore (Nvaneri, 73), Guiri, Obameyang.

Ogohlantirishlar: Kamara (8), Kerer (71) — Medina (34), Balerdi (87).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ