A Seriya. «Inter» o'z uyida «Roma»ni tor-mor etdi
6 APREL, 2026, 02:48
«Inter» Italiya A Seriyasi 31-turi doirasidagi o'z maydonida kechgan bahsda «Roma»ni mag'lub etdi — 5:2.
Mezbonlar safida Lautaro Martines dubl qayd etdi (1 va 52-daqiqalar). Shuningdek, Xakan Chalxanoglu (45+2), Markus Tyuram (55) va Nikolo Barella (63) bittadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
Rimliklardan esa Janluka Manchini (40) va Lorentso Pellegrini (70) o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
«Inter» (72 ochko) uch o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi va A Seriyada peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Roma» 54 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Italiya Seriya A. 31-tur
05.04.2026 | 23:45
«Juzeppe Meatstsa», Milan
«INTER» — «ROMA» — 5:2
Gollar: Lautaro Martines 1 (1:0), Janluka Manchini 40 (1:1), Xakan Chalxanoglu 45+2 (2:1), Lautaro Martines 52 (3:1), Markus Tyuram 55 (4:1), Nikolo Barella 63 (5:1), Lorentso Pellegrini 70 (5:2).
«Inter»: Zommer, Acherbi, Bastoni (Darmian, 58), Akandji, Zelinski (Mxitaryan, 76), Xakan Chalxanoglu (Suchich, 66), Barella, Dimarko, Dyumfris, Tyuram (Espozito, 66), Martines (Bonni, 58).
«Roma»: Svilar, N`Dika, Ermoso (Tsiolkovski, 81), Manchini (Gilardi, 46), Kristante, Pizilli, Rench (Tsimikas, 58), Zeki Chelik, Pellegrini, Soule (El-Shaaravi, 64), Malen.
Ogohlantirish: Pizilli (60).
